O'zbekistondagi rasmiy distribyutor

Notekis tok kiradi — sof sinusoida chiqadi

Prostar Online UPS tarmoqdagi sakrash va uzilishlarni o'zida "yutib", uskunangizga doim toza 220 V beradi. Elektr o'chsa — 0 ms ichida batareyaga o'tadi.

Prostar PET1103B 3 kVA Online UPS
Kirish: notekis tarmoqsakrash, pasayish, shovqin
Prostar 3 kVADouble Conversion · 0 ms
Chiqish: sof sinusoida220 V ±1%, THD ≤ 3%
0 mso'tish vaqti
PF = 11 kVA = 1 kW
3 · 6 · 10 kVAomborda bor
20–600 kVAbuyurtmaga, 45 kun

Nega aynan Online UPS

UPS stabilizator emas. U elektrni ikki marta o'zgartiradi va uskunaga doim toza, barqaror kuchlanish beradi.

Double Conversion

Tarmoqdagi sakrash, pasayish va shovqin uskunaga yetib bormaydi.

0 ms o'tish

Elektr uzilganda kompyuter, server yoki tibbiy apparat o'chmaydi.

Toza sinusoida

MRT, KT, UZI, laboratoriya va server uskunalari uchun xavfsiz.

Generator bilan ishlaydi

Generator chastotasi o'zgarsa ham chiqish barqaror qoladi.

Bypass va himoya

Ortiqcha yuklama, qisqa tutashuv va batareya himoyasi.

Monitoring

LCD displey, RS-232, USB, SNMP ixtiyoriy.

Omborda mavjud modellar

PET seriyasi — yuqori chastotali Online UPS, ichki 12V 9Ah batareyalar bilan.

To'liq texnik parametrlar (tender uchun)
ParametrPET1103BPET1106BPET1110B
Quvvat (VA/W)3K / 3K6K / 6K10K / 10K
Batareya kuchlanishi72 VDC192 VDC192 VDC
Batareyalar12V 9Ah × 612V 9Ah × 1612V 9Ah × 16
Zaryad toki1A (1–4A)1A (1–12A)1A (1–12A)
Kirish formati / kuchlanishL+N+PE · 208/220/230/240 VAC
Kirish diapazoni110–300 VAC · 50/60 Hz ±6 Hz
Kirish quvvat koeffitsienti≥ 0.99
Chiqish quvvat koeffitsienti1
Chiqish kuchlanishi aniqligi±1% · batareya rejimida 50/60 Hz ±1%
Chiqish THD (chiziqli yuklama)≤ 3%≤ 2%≤ 2%
To'lqin shakliToza sinusoida
O'tish vaqti (tarmoq → batareya)0 ms
Ortiqcha yuklama (tarmoq rejimi)102–110%: 30 daq · 110–130%: 10 daq · 130–150%: 30 s
O'lchami (↔ × ↗ × ↕)39.5 × 19 × 33 sm47.5 × 19 × 69.6 sm47.5 × 19 × 69.6 sm
Og'irligi20 kg52 kg53 kg
Ish harorati / namlik0–40 °C · 20–95% (kondensatsiyasiz)
Shovqin< 45 dB (1 m)
BoshqaruvLCD · RS-232 / USB · SNMP ixtiyoriy

Katta quvvatli UPS — 20 dan 600 kVA gacha

Bino, shifoxona, zavod va data-markazlar uchun. Buyurtma asosida.

45 kunda yetkaziladi

Elektr o'chganda — generator yonguncha UPS ishlaydi

Katta binolarda generator ishga tushishi uchun 10–30 soniya kerak. Shu vaqtda UPS uskunalarni bir lahza ham o'chirmasdan ushlab turadi.

  1. Tarmoq uzildiUPS 0 ms ichida batareyaga o'tadi
  2. Generator ishga tushmoqda10–30 soniya: yuklamani UPS ushlab turadi
  3. ATS generatorga ulaydiUPS generator kuchlanishini tozalab uzatadi
  4. Tarmoq qaytdiHech qanday uzilishsiz, batareyalar qayta zaryadlanadi
Tarmoq uzilganda Prostar UPS ko'prik bo'lib, generator yonguncha shifoxonaga tokni uzatadi
1. Tarmoqelektr uzildi
2. UPS — ko'prik0 ms ichida batareyaga, 10–30 s ushlab turadi
3. Generator va shifoxonagenerator ulanguncha uskunalar uzluksiz ishlaydi

UPS kalkulyatori

Uskunalaringiz va quvvatini kiriting (W yoki kW). Kalkulyator kerakli modelni va taxminiy ishlash vaqtini hisoblaydi.

UskunaQuvvatBirlikSoni
Tibbiy uskunalar
IT va ofis

Ro'yxatdagi quvvatlar taxminiy. Aniq qiymatni uskuna pasportidan oling.

Kimlar uchun

Bir soniyalik uzilish ham qimmatga tushadigan joylar uchun.

Tibbiyot

MRT, KT, C-duga, UZI, laboratoriya, reanimatsiya va operatsion xonalar.

Banklar

Kassa, bankomat, server va xavfsizlik tizimlari.

Data-markaz va IT

Server xonalari, call-center, internet provayderlar.

Sanoat

Zavodlar, farmatsevtika, avtomatlashtirilgan liniyalar.

Davlat tashkilotlari

Shifoxona, maktab, hokimiyat — tender orqali yetkazib berish.

Katta binolar

Biznes-markaz, mehmonxona: generator yonguncha uzluksiz ta'minot.

Tenderda g'olib bo'ldingizmi? UPS ni biz yetkazib beramiz

Davlat xaridlarida g'olib bo'lgan kompaniyalarga Prostar UPS larini shartnoma muddatida, to'liq hujjatlari bilan yetkazib beramiz.

Shartnoma bo'yicha so'rov yuborish
  1. Omborda tayyor3, 6 va 10 kVA darhol jo'natiladi, 20–600 kVA — 45 kunda.
  2. Texnik topshiriqqa moslikTexnik topshiriqni tekshirib, mos modelni tanlab beramiz.
  3. To'liq hujjatlarHisob-faktura, sertifikatlar, distribyutorlik xati, kafolat.
  4. Obyektgacha yetkazib berishShartnomada ko'rsatilgan manzilga yetkazamiz.

Bizning do'kon

Do'konimizga keling — UPS larni jonli ko'rib, mutaxassis bilan maslahatlashing.

Toshkent shahri, Sergeli tumani, INDEX savdo majmuasiA3 bino, A3-6 do'kon
INDEX savdo majmuasi, A3 bino
A3 bino
Prostar do'koni A3-6
A3-6 do'kon
Prostar omborida tayyor UPS lar
Omborda tayyor UPS lar

Savolingiz bormi?

Qo'ng'iroq qiling yoki Telegramda yozing — mos UPS ni tanlab, narx taklifini tayyorlab beramiz.

Telegramda yozish